6 maktabga aviayonilg‘i to‘kilishi oqibatida 60 kishi jabrlandi (video)

Olam

image

Kecha, 14 yanvar kuni AQSHda samolyot Los-Anjeles yaqinidagi bir nechta maktab ustiga aviayonilg‘i to‘kib yubordi. Natijada 60 kishi jabrlandi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Los-Anjeles o‘t o‘chirish xizmati vakili Shon Fergyusonning ta’kidlashicha, voqea tushlikdan keyin yuz bergan. Umumiy hisobda 6 maktabga aviayonilg‘i to‘kilgan. Ulardan 5 tasi boshlang‘ich, yana bittasi yuqori sinflar o‘qiydigan maktab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, aviayonilg‘i to‘kilishi Delta Air Lines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 777-200 samolyotining favqulodda qo‘nishidan oldin yuz bergan. Shanxayga uchayotgan samolyot dvigateli bilan yuz bergan muammo sababli ortga qaytishga majbur bo‘lgan. Bunday vaziyatlarda samolyot qattiq qo‘nish vaqtida yonib ketmasligi uchun sarflanmagan aviayonilg‘idan xalos bo‘lishga harakat qilinadi.

Xabarda aytilishicha, maktablar o‘quvchilari va xodimlari ustiga yonilg‘i tushgan yoki ular uning bug‘lari bilan nafas olgan bo‘lishlari mumkin. Voqea joyiga 70 nafar o‘t o‘chiruvchi va tez yordam xodimlari yetib kelgan. Shifokorlar teri qichishishi yoki nafas olishdagi muammolardan shikoyat qilganlarga yordam ko‘rsatganlar.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh maktab aviayonilg'i

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing