6 hududda 95 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat 7904
image

Bugun, 4 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 95 nafarga ortib, 42 998 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlari:

•    65 nafari Toshkent shahrida,

•    11 nafari Toshkent viloyatida,

•    8 nafari Jizzax viloyatida,

•    6 nafari Andijon viloyatida,

•    4 nafari Navoiy viloyatida

•    1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli T.X. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 42 yoshli B.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 89 nafar, Toshkent viloyatida 81 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, mamlakatda 40 392 (+216) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 2 268 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 167
Reyting: 3.1
Teglar
t
×