55 yoshli erkak styuardessani tishlab oldi
Bu qiziq
−
18 yanvar
2189916 yanvar kuni Tokiodan Amerikaning Sietl shahriga uchgan samolyot zudlik bilan ortiga qaytdi. Bu haqda "KyodoNews" xabar berdi.
Gap shundaki, parvoz vaqtida AQSH fuqarosi bo‘lgan 55 yoshli erkak styuardessaning qo‘lini tishlab olgan. Oqibatda salon xodimi yengil tan jarohati olgan. Kutilmagan voqeadan so‘ng, bortda yuzaga kelgan tartibsizliklar ortidan Haneda aeroportidan bir soat avval havoga ko‘tarilgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Mast holdagi amerikalik erkakni esa politsiya Haneda aeroportida hibsga olgan. So‘roq jarayonida o‘ziga kelgan yo‘lovchi "reys bortida aviakompaniya xodimini tishlaganini eslolmasligini" aytgan.
Tokio politsiyasi hodisaning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan.
LiveBarchasi