50 000 uy qurilishi: Kim Chen Inning shaxsiy loyihasi yakunlandi
Olam
−
18 fevral 2148 1 daqiqa
Shimoliy Koreya Pxenyanda 50 000 ta turarjoy qurilishi yakunladi. Loyihaning asosiy maqsadi uy yetishmovchiligini bartaraf etish va aholining turmush darajasini oshirishdir. Bu loyiha yetakchi Kim Chen Inning shaxsiy tashabbusi bo‘lib, 2021 yilda Xalq ishchilari partiyasi kongressida joriy etilgan. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.
Umumiy qurilishning 40 000 tasi Songsin va Songhva tumanlarida 2022 yilda, Hvasong tumanida esa 2023–2025 yillarda amalga oshirilgan. Qolgan 10 000 uy yaqinda foydalanishga topshirilgan. Kim Chen In loyihaning ochilish marosimida qizi Kim Chju E bilan qatnashgan.
Rahbar Pxenyanda yanada “katta qurilish loyihasi” boshlanishini ma’lum qilgan va navbatdagi, 9-kongressda “muayyan yutuqlar” haqida e’lon qilinishini aytgan.
Ekspertlar nazarida ushbu loyiha partiya kongressidan oldin yakunlanib, Pxenyandagi qurilish ishlari rejimning asosiy siyosiy yutuqlari sifatida keng targ‘ib qilinadi va xalq qo‘llab-quvvatlashiga turtki bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 fevral kuni Kim Chen In Rossiya–Ukraina urushi paytida halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar oilalari uchun Pxenyanda qurilgan yangi uylarning ochilish marosimida ishtirok etgan edi.
Live
Barchasi