5 yashar qizning zo‘rlanishi: O‘zbekistondagi bog‘chalarda xodimlarni tekshirish boshlandi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yashar qiz ombor mudiri tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu voqea ortidan O‘zbekistondagi bog‘chalarda xodimlarni tekshirish boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yuz bergan ko‘ngilsiz holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgan.

Bildirilishicha, voqeaga aloqador hamda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tashkilotlar vakolati doirasida zarur choralar ko‘rilishi, aybdorlar jazolanishi ta’minlanadi. Ta’lim tashkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, bu kabi salbiy holatlar boshqa bog‘chalarda ham takrorlanmasligi uchun vazirlikning maxsus Ishchi guruh a’zolari tomonidan hozirda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda va barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchini zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi va 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing