5 ta vazirlik byudjetdan 61 mlrdni “kalla” qilishiga sal qoldi

Jamiyat

image

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi joriy yilning may-iyun oylarida o‘tkazilgan masofaviy monitoring natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 101,5 mlrd so‘mlik 324 ta tanlovda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. 

Shundan, Andijonda 20,0 mlrd so‘mlik (51 ta), Samarqandda 12,8 mlrd so‘mlik (52 ta), Jizzaxda 8,3 mlrd so‘mlik (20 ta), Buxoroda 7,3 mlrd so‘mlik (33 ta), Qashqadaryoda 7,2 mlrd so‘mlik (20 ta), Surxondaryoda 7,9 mlrd so‘mlik (30 ta), Xorazmda 5,3 mlrd so‘mlik (18 ta), Navoiyda 5,2 mlrd so‘mlik (16 ta), Namanganda 2,6 mlrd so‘mlik (11 ta), Farg‘onada 2,0 mlrd so‘mlik (10 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd so‘mlik (11 ta) va Toshkent shahrida 19,5 mlrd so‘mlik (51 ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgani ma’lum bo‘ldi.
 
Davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgan tanlovlardan 72 tasi (24,6 mlrd) tuman (shahar) hokimliklari, 71 tasi (20,9 mlrd) Xalq ta’limi vazirligi, 61 tasi (17,9 mlrd) Sog‘liqni saqlash vazirligi, 33 tasi (11,1 mlrd) Maktabgacha ta’lim vazirligi, 24 tasi (7,9 mlrd) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 9 tasi (3,6 mlrd) Suv xo‘jaligi vazirligi va qolgan 54 tasi (15,5 mlrd) boshqa vazirlik va idoralar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, monitoring yakunlari bo‘yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan e’lon qilingan 101,5 mlrd so‘mlik 324 ta tanlovni bekor qilish haqida agentlik tomonidan vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing