5 ming dona Tramadolni O‘zbekistonga olib kirayotganlar qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
05 noyabr 2019
4454O‘zbekistonga noqonuniy ravishda muomalasi cheklangan dori vositalarini olib kirish bilan holatlar davom etmoqda. Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari 5000 dona Tramadol dori vositasini O‘zbekiston hududiga olib kirayotgan shaxsni qo‘lga oldi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro M.S. boshqaruvidagi “VOLVO FH 42” avtotransporti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Tekshiruv natijasida, avtomashinada yuklangan dori vositalaridan tashqari, hujjatlarda ko‘rsatilmagan 5000 dona Tramadol dori vositalari yashirincha olib o‘tilayotganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi