5 kun ichida Ukraina bo‘ylab 500 ta raketa va dron uchirildi – Zelenskiy
Olam
−
03 yanvar
7250Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2 yanvar kuni so‘nggi besh kun ichida Ukrainaga kamida 500 ta raketa va dron uchirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.
"Janob Sunak Ukraina shaharlariga qarshi Rossiya havo terrorining davom etishi haqida gapirdi. Oxirgi besh kun ichida dushman Ukraina hududini kamida 500 ta raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan o‘qqa tutdi”, deb yozgan Zelenskiy X sahifasida.
Avvalroq, Ukraina Prezidenti 2 yanvar kuni mamlakatning o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgani, 120 kishi jarohatlanganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy Ukrainaning 2024 yildagi asosiy harbiy maqsadi Qrimni izolyatsiya qilish ekanini bildirgan.
LiveBarchasi