5 859 ta hayvon o‘lik holda topilgan. Sardoba toshqinida yo‘qolgan hayvonlar haqida ma’lumot berildi.
Jamiyat
−
16 may 2020
12849Sardoba suv omborining to‘g‘oni yorilishida kelib chiqqan suv toshqini natijasida 31 719 ta uy hayvoni yo‘qolgan. Bu haqda bugun, 16 may kuni “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 31 719 ta uy hayvonlari yo‘qolganligi aniqlangan. Ulardan 13 685 tasi yirik va mayda shohli qoramollar, otlar, 17 752 tasi parranda va 282 tasi boshqa turdagi hayvonlar.
Shundan, 5 859 ta hayvon o‘lik holda topilgan va zararsizlantirilgan. Jumladan:
— 4 178 ta yirik va mayda shohli qora mollar, otlar;
— 1 442 ta parrandalar;
— 239 ta boshqa hayvonlar.
5 160 ta yirik va mayda shohli qoramol va 5 143 ta ot tirik holda topilgan. Ular o‘z egalariga qaytarilgan.
LiveBarchasi