5,6 mlrd so‘mlik taqinchoqlarni ichki kiyimlari orasiga yashirib, chegaradan o‘tayotgan buvi va nevara ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida yirik miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bojxona punkti orqali harakatlanayotgan fuqarolardan biri xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ichki kiyimlari orasidan oyoqlarining yuqori qismiga 19 dona o‘ram yashirganligi aniqlangan.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida ularning ichida 9 turdagi 468 dona qimmatbaho metalldan yasalgan va brilliant toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu shaxsning 14 yoshli nevarasi ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ham ichki kiyimlari orasiga 12 dona o‘ram yashirilgani aniqlangan. Mazkur o‘ramlarda esa 8 turdagi 454 dona taqinchoqlar borligi ma’lum bo‘lgan.

“Bojxona nazoratidan yashirilgan jami 922 dona tilladan yasalgan brilliant toshlar o‘rnatilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 6,7 kilogrammdan oshmoqda, umumiy qiymati esa 5,6 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan 65 grammgacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida miqdori 1 mlrd 770 mln so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlari O‘zbekistonga noqonuniy tarzda avtobusda olib kirilayotgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

taqinchoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar