49 nafar ukrainalik Rossiya asirligidan qaytdi

Olam

image

Avvalroq Rossiya tomonidan asirga olingan 49 harbiy xizmatchi va tinch aholi Ukrainaga qaytdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bular Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Milliy politsiya, Davlat chegara xizmati askarlari, shuningdek, tinch fuqarolarimiz. Xususan, kasal otasini boqish uchun kelganida ruslar tomonidan garovga olingan qiz – Lenya Umarova”, dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ozod etilganlar orasida Azovstal himoyachilari, xususan, avvalroq Ukraina Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan harbiy shifokor Viktor Ivchuk ham bor.

Qayd etilishicha, 2023 yil dekabr oyida 25 yoshli Lenya Umarova kasal otasini ko‘rish uchun Kiyevdan Qrimga ketayotgan bo‘lgan. U Gruziya bilan chegaradagi “Verxniy Lars” nazorat-o‘tkazish punktida ushlanib, ma’muriy qamoqqa olingan. Shu yilning may oyida esa josuslikda ayblanib, hibsga olingan. Zelenskiyning xabarida Umarova qanday sharoitda qo‘yib yuborilganiga aniqlik kiritilmagan. Rossiya sudi tomonidan unga hukm chiqarilgani haqida ham ma’lumot mavjud emas.

Rossiya mahalliy nashrlari almashinuv haqida xabar bermagan. Shuningdek, rossiyalik mahbuslar vatanga qaytgan-qaytmagani ham noma’lum. Biroq, urush tarafdori bo‘lgan rossiyalik bloger Boris Rojinning yozishicha, asirlar almashinuvi "49 ga 49" formatida bo‘lib o‘tgan va ruslar orasida Kursk viloyatida asirga olingan harbiy xizmatchilar ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida olib borilgan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Ukraina 115 mahbusni almashinuvini amalga oshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing