46 yashar Oksana Chusovitina yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Doxada o‘tayotgan Jahon kubogining final bosqichida ishtirok etdi. Sportchi Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Tayanib sakrash dasturida qatnashgan Chusovitina 13.433 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Umumiy hisobda birinchi o‘rin o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitinaga (13.433), ikkinchi o‘rin vengiriyalik Mariya Baskayga (13.150), uchinchi o‘rin rossiyalik Viktoriya Listunova (13.133)ga nasib qildi.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. U 1992 yili jamoaviy bahsda Olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasidagi ishtirokidan so‘ng sportdan ketganini e’lon qilgandi. 2021 yilning oktyabr oyiga kelib, u yana sportdagi karerasini davom ettirmoqchiligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing