422 bemor, 5 o‘lim: O‘zbekiston koronavirus bilan yana bir kunni ortda qoldirdi

Jamiyat

image

8 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish, sog‘ayish va o‘lim holatlari bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. 
 
Mamlakatda 422 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 295 nafari karantin muassasalarida, 127 nafari aholi orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 249 nafar fuqaro sog‘aydi. 
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 11092 nafar bemordan 7060 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3987 nafar bemordan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

689

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing