4 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz Turkiyada ushlandi
3-sahifa
−
14:36
15095Turkiyada huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda to‘rt yildan beri qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qiz Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan. U o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
1998 yilda tug‘ilgan Gulruhxon Akmaljon qizi Erkinova Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.
Xabarda ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2011-2013 yillarda bank-moliya xususiy sektorida yuqori lavozimlarda ishlagan Xaticha Musoyevna Jafarova Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi. Ushbu sobiq mansabdor jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
LiveBarchasi