4 oyda qariyb 5 mlrdlik daraxtlar noqonuniy kesildi – DEQ
Jamiyat
−
03 iyun 2021
2582Joriy yilning 4 oyi davomida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2014 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari Ozod Rajabov ma’lum qildi.
Qo‘miti vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 4 oyda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 4 mlrd 988 mln so‘mni tashkil etgan.
“1313 ta tup qimmatli daraxt noqonuniy ravishda kesilgani, 619 ta tup daraxt shikastlantirilgani yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 2 mlrd 514 mln. so‘m ma’muriy jarima belgilanib, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar jami 4 mlrd 988 mln so‘m miqdorida hisoblandi”, deydi Rajabov.
Shu davrda aniqlangan jami huquqbuzarliklarning 113 ta holatida mahalliy darajadagi mansabdor shaxslar ishtirokida sodir etilgan.
Avvalroq, Toshkentda metropolitenning “Sergeli–Qo‘yliq” yo‘nalishi qurilishida 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chirilishi haqida xabar bergan edik.