4 hududni egallash Rossiyaga qimmatga tushdi. YeI yana sanksiya qo‘lladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasi tarkibiga to‘rt sub’ektning qo‘shilishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritdi. Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni YeI kengashi ma’lum qildi. Savdo sanksiyalari 7 milliard yevrolik importga ta’sir qiladi. 

Sanksiyalar paketiga nimalar kiradi? 

•    Rossiya neftini uchinchi davlatlarga dengiz orqali tashish narxlarining yuqori chegarasini belgilash va xom neft va neft mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga dengiz orqali tashishni yanada cheklash.  Cheklangan narxdan chetga chiqish, agar neft yoki neft mahsulotlari oldindan belgilangan limitdan past narxda sotib olinsa, transport va ushbu xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Yevropa Ittifoqi kemalariga bunday mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarga dengiz orqali tashish uchun yangi taqiq Kengash bir ovozdan narxlarni cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan boshlab amal qiladi. 

•    Rossiyada ishlab chiqarilgan yoki Rossiyadan eksport qilinadigan po‘lat mahsulotlarini import qilishni taqiqlash. 

•    Yog‘och massasi va qog‘oz, sigaretalar, plastmassa va kosmetika, shuningdek, Rossiya uchun katta daromad keltiradigan toshlar va qimmatbaho metallar kabi zargarlik sanoatida ishlatiladigan buyumlar importiga qo‘shimcha cheklovlar. 

•    Aviatsiya sanoatida qo‘llaniladigan qo‘shimcha mahsulotlarni sotish, yetkazib berish yoki eksport qilish ham cheklanadi. 

•    Po‘latdan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar (ayrim yarim tayyor mahsulotlar uchun o‘tish davri), mashina va uskunalar, plastmassa, transport vositalari, to‘qimachilik, poyabzal, charm, kulolchilik, ayrim kimyoviy mahsulotlar va oltin bo‘lmagan zargarlik buyumlarini taqiqlash.

•    Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi davlat korxonalarining boshqaruv organlarida lavozimlarni egallashni taqiqlash. 

•    Rossiya dengiz reyestri bilan barcha operatsiyalarni taqiqlash. 

•    Rossiyaga moliyaviy, arxitektura va muhandislik xizmatlari, shuningdek, IT-konsalting va yuridik maslahatlar berishni taqiqlash. 

•    Rossiyaliklarning hamjamiyat mamlakatlarida kripto aktivlariga ega bo‘lishini taqiqlash. 

•    Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan shaxslarga ham sanksiyalar kiritadi. 

•    Choralar Zaporoje va Xerson viloyatlariga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar” o‘tkazildi. Zaporoje viloyatida protokollarning 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, qo‘shilish tarafdori 93,11 foiz, Xerson viloyatida – 87,05 foiz, DXRda – 99,23 foiz, LXRda – 98,42 foiz.

Referendum natijalarini xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, NATO kabi tuzilmalar tan olmadi va uni noqonuniy deb atadi.

30 sentyabr kuni esa Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing