380 mln so‘mlik taqinchoqlarni ichki kiyimlariga yashirib, chegaradan olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
30 Oktabr
3579Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qiymati 380 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha O‘zbekistonga olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro harakatlari bojxona xodimlarining diqqatini tortgan va uni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ko‘rik natijasida fuqaroning oyog‘i va ichki kiyimlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan umumiy og‘irligi 450 gramm zargarlik buyumlari fosh etilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zargarlik buyumlarining qiymati 380 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 1,5 mlrd so‘mlik soatni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr