Bosh prokuraturaning 37 yoshli xodimi koronavirusdan vafot etdimi?

Jamiyat

−

image

Ijtimoy tarmoqlarda Bosh prokuratura xodimi koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landik.

U Bosh prokuraturaning 37 yoshli xodimi Alisher Hoshimov vafot etganini tasdiqladi. Ammo o‘limga koronavirus sabab o‘lganini rad qildi.

“1983 yilda tug‘ilgan xodimimiz vafot etdi. Uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmadi. U insultdan vafot etdi”, deya ma’lumot berdi Shamsutdinov.

Avvalroq, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Hakimboy Ashirovich Halimov koronavirusdan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing