37 turdagi oziq-ovqat mahsuloti importiga boj nollashtirilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–145-son farmoni bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi 2023 yilning 1 iyuliga qo‘llanilmasligi aytilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 mart kuni "Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.  

Unga ko‘ra, 37 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tovarlarni import qilishda 2024 yilning 1 yanvariga qadar “nol” stavkadagi boj qo‘llaniladi. Ular orasida tvorog, shokolad, qandolat, makaron, sut mahsulotlari, yogurt, kefir, pishloq, olma, nok va boshqa mahsulotlar bor.

Yangi farmon bilan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan o‘tkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yo‘lga qo‘yishi;

import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan kundalik iste’mol tovarlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishi belgilangan. 
 
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi kerak. 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Prezident farmoni import

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing