37 ta davlat Rossiya va Belarusda sport musobaqalarini o‘tkazmaslikka chaqirdi

Sport

image

Rossiya va Belarusda xalqaro sport musobaqalari o‘tkazilishiga hamda ikki davlat sportchilarining xalqaro miqyosdagi turnirlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik taklif etildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sport vazirligi tomonidan dunyoning 37 davlati nomidan e’lon qilingan bayonotda so‘z borgan.

“Biz hamfikr davlatlar jamoasi sifatida, birinchidan, Rossiya va Belarusda xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazishga ruxsat bermasligimiz lozim. Shuningdek, ularning turnirlarga mezbonlik qilish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilishiga ham imkoniyat berilmasin. Ikkinchidan, Rossiya va Belarusdan tanlab olingan sportchilar, murabbiylar va jamoalar boshqa davlatlarda bo‘ladigan musobaqalarda ishtirok etadigan bo‘lsa, ushbu ikkita davlatning tashkilot, shahar va brendlari vakil bo‘lishi taqiqlanadi. Bunga misol qilib, futbol klublarini keltirish mumkin”, deyilgan bayonotda.

Shuningdek bayonotda aytilishicha, Buyuk Britaniya Sport vazirligi Rossiya yoki Belarusning yuridik tashkilotlari tomonidan beriladigan homiylik yordamlarini olmaslikka chaqirmoqda.

“Bundan tashqari, homiylar bilan shartnoma imzolovchilar iloji bo‘lsa, Rossiya yoki Belarus bilan bog‘liq yuridik shaxslarning homiylik va boshqa moliyaviy yordamini cheklash uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirmiz. Biz barcha xalqaro tashkilotlarni ushbu tamoyillarga amal qilishga undaymiz va bunga amal qilayotganlarni tabriklaymiz”, deyilgan hujjatda.

 

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

Shuningdek, 2023 yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Maxsus Olimpiada o‘yinlari bekor qilindi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing