33 yoshli o‘zbekistonlik Rossiyadan Vatanga qaytish oldidan vafot etdi

Jamiyat

image

Rossiyaning Rostov viloyati Kamensk-Shaytinskiy shahridagi palatkali lagerda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 sentyabr kuni o‘zbekistonliklarning maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida yo‘lovchilardan biri – 1987 yil 13 sentyabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va u tez tibbiy yordam yetib kelgunicha vafot etgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu fuqaro palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R.J. sog‘ligi yomonlashgani sababli 14 sentyabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va shu yerdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallanganligi tasdiqlanmagan.

Tashkiliy va konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan keyin marhumning jasadi charter reys orqali Vatanga yuborildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor qildi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant o'zbekistonlik

Baholaganlar

819

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing