33 mln aholisi bor O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i 16 ming ishsizlarga ishsizlik nafaqasi berilmoqda

Jamiyat

image

Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishtirokida matbuot konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda vazir Sherzod Kudbiyev ham ishtirok etmoqda. 

Uning ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 16 ming nafar kishi ishsizlik nafaqasini olmoqda.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 2,5 ming kishini tashkil etgan. Sherzod Kudbiyevning ma’lum qilishicha, vazirlik shu vaqtgacha ishsizlik nafaqasini to‘lashni tamomila unutgan edi. Mamlakat bandlik tizimida o‘tgan yillardan bugungi kunga katta muammolar meros bo‘lib qolgan. 

Raqamlarga yuzlansak, ayni damda 2,5 million aholi xorijda ishlaydi. Mamlakatimizning 19 million aholisi ishga yaroqli hisoblanadi. 13 million 400 ming kishi rasmiy va norasmiy ravishda ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, mamlakatimizda ayni paytda 1 million 391ming nafar ishsiz mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing