31 yillik jinoyat fosh bo‘ldi. Ayblanuvchi 83 yoshli ayol
Jamiyat
−
28 may 2020
28916Toshkent viloyati Zangiota tumanida 83 yoshli ayolga nisbatan 31 yil oldingi qotilligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ nashriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 20 may kuni soat 16:00 larda Zangiota tumani, Madaniyat ko‘chasi 10 uyda yashovchi Z. Gapparov yashash hovlisidagi eski omborxona binosini buzib, o‘rniga hojatxona qurish uchun chuqur qazigan vaqtda 1 metr chuqurlikdan odam skeletiga xos bo‘lgan suyaklar topilgan. F. Gapparov mazkur xonadonni 1989 yilda Ye.Mirzaxmedovadan sotib olganligi aniqlangan.
1937 yilda tug‘ilgan Ye. Mirzaxmedova qilmishidan pushaymon bo‘lib, aybini bo‘yniga olish haqida ariza bilan murojaat qilgan. U 1989 yilda o‘zi bilan birga yashab kelgan 1957 yilda tug‘ilgan R. Shananbayevni qasddan o‘ldirib, murdasini hovlisidagi chuqurga tashlab, ko‘mib yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 26 may kuni tuman prokuraturasi tomonidan Ye. Mirzaxmedovaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi