31 ta OTMda yangi o‘quv yilining boshlanish vaqti ma’lum qilindi
Jamiyat
−
22 avgust 2023 21821 1 daqiqa
Poytaxt Toshkentdagi metro bekatlariga yaqin 31 ta oliy ta’lim muassasalarida dars jarayonining boshlanish vaqti maxsus jadval asosida rejalashtirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash hamda talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishi uchun qulaylik yaratish maqsad qilingan.
Unga ko‘ra, 2023 yil 4 sentyabrdan quyidagi 31 ta oliy ta’lim maskani talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga muvofiq, respublikadagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik liseylarda yangi – 2023/2024 o‘quv yili 4 sentyabr (dushanba kuni)dan boshlanadi.
Live
Barchasi