300 dan ziyod yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi — Transport vazirligi
Jamiyat
−
28 dekabr 2021
42342022 yilda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Transport vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ma’lum qilishdi.
Qayd etilishicha, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sohasini yanada yaxshilish maqsadida 2021 yil 8 oktyabrda “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 630-son Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.
Tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.
LiveBarchasi