3 yilda 12 qurbon: Tailandda politsiyachining sobiq rafiqasi seriyali qotillik qildi

Olam

image

Tailandda politsiyachining sobiq rafiqasi 12 nafar ayolni pullari va taqinchoqlarini o‘marish maqsadida siyanid bilan zaharlaganlikda gumon qilinmoqda. Ularning barchasi ushbu moddadan zaharlanishi oqibatida vafot etgan. Bu haqda “The Nation Thailand” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, katta politsiya zobitining 35 yoshli rafiqasi Sararat Rangsivuthuaporn bir necha yil davomida to‘qqiz kishini o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatlarga zargarlik buyumlari va pullar sabab bo‘lgan. Jinoyatda gumonlanayotgan ayol qo‘lga olinganda unda ruhiy muammolar borligi aniqlangan.

Aytilishicha, qurbonlarning yoshi 33 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan. Sararat o‘z qurbonlarini siyanid bilan o‘ldirgan. Ushbu modda ayolning uyidan topilgan. U qurbonlarning ovqat va ichimliklariga siyanid aralashtirgan. 13-jabrlanuvchi zaharlangan ovqatni qusgani sababli omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing