3 ta viloyatda hojatxona qurish uchun tarixiy yodgorliklar qisman buzilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Prokuratura organlari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda arxeologiya yodgorliklarida yo‘qotilishlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlarda quyidagi holatlar aniqlangan:

  • Qashqadaryoda “Kofirtepa-2” (VII – XIII asrga oid) yodgorligining 2,4 m3, “Beshteraktepa”ning (IX – XII) 6 m3 hamda “Xontepa”ning (XI – XIII) 189 m3 qismi uy-joy;
  • Jizzaxda “Tomoshotepa-2” (IV – V) yodgorligining 14 m3 qismi hojatxona hamda “Qoratepa”ning (V – VI) 30 m3 qismi issiqxona; 
  • Sirdaryoda “Hashartepa” (IX – XII) yodgorligining 6,4 m3 qismi hojatxona va xammom;
  • Navoiyda “G‘azg‘ontepa” yodgorligining 16 m3 qismi mobil kompaniya antennasi, “Nonvoylartepa-2”ning 5,3 m3, “Kaltepa”ning (V – VIII) 23 m3 hamda “Yasiltepa”ning (III-XI) 20 m3 qismi xo‘jalik inshootlari;
  • Toshkent viloyatida “Nomsiztepa-1” yodgorligining 15 m3 qismi hojatxona, “Nomsiztepa-2”ning 1,92 m3 qismi issiqxona qurish uchun qisman buzilgan.

Bildirilishicha, yuqoridagi jami 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid yodgorlik molxona qurish uchun buzib yuborilgani, Toshkent shahrida esa XVI asrga oid arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tarixiy yodgorlik Tomoshotepa-2 Hashartepa Nomsiztepa-1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing