3 ta bank va 5 ta mikromoliya tashkiloti jazolandi

Jamiyat

image

Markaziy bank talablari va o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 3 ta bank, 5 ta mikromoliya tashkiloti va 2 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, prudensial normativ talablariga rioya etilmagani, o‘z faoliyatini belgilangan tartibda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirmagani hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta bank va 1 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, aniqlangan qoidabuzarliklar tufayli 13 noyabrdan boshlab “TEZPAY” va “NATIONAL PAY” aksiyadorlik jamiyatlarida olti oy muddatga to‘lov xizmatlari va ayrim turdagi operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan, elektron shakldagi to‘lovlarga ishlov berish va to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni bankka uzatish yoki mazkur to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish cheklab qo‘yilgan.

Mazkur aksiyadorlik jamiyatlari yarim yil davomida pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul mablag‘larini qabul qilish va amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalana olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank “TEZPAY” “NATIONAL PAY”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing