3 milliondan ortiq odam Argentinani JCHdan chetlatmoqchi

Sport

image

Internetda Argentina milliy terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionatidan chetlatish talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. Hozirda 3 milliondan ortiq kishi amaldagi chempionlarni musobaqadan chetlatishni talab qilmoqda.

Petitsiya mualliflarining ta’kidlashicha, hozirga qadar unga 3 milliondan ortiq kishi imzo chekkan.

“FIFA va hakamlar Lionel Messi hamda Argentina terma jamoasiga nisbatan ochiqchasiga yon bosmoqda. Agar chempion oldindan ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, nega boshqa jamoalar musobaqada ishtirok etishi kerak? Argentinani Jahon chempionatidan chetlating va boshqa terma jamoalarga adolatli imkoniyat bering”, deyiladi petitsiyada.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan Misr va Argentina uchrashuvidan ko‘plab muxlislarda hakamlar va FIFA Argentinaga yordam beryapti degan e’tirozlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan edi. Endi jamoa final yo‘llanmasi uchun Angliyaga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing