3 kishining o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston politsiya xodimlari tomonidan Rossiyada uch kishining o‘limida gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

“Turkiston viloyatida Jibek-Joli nazorat-o‘tkazish punktida chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U 2016 yilda sherigi bilan Moskva viloyatida bo‘lgan vaqtida 3 kishini o‘ldirishda gumonlanmoqda”,  deyiladi xabarda.

2024 yil 19 fevralidan 27 fevraliga qadar Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda qidiruvda bo‘lgan jami 87 nafar jinoyatchini qo‘lga olgan, ulardan 17 nafari xorijiy huquq-tartibot idoralari so‘roviga ko‘ra amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Istanbul shahrida qo‘lga olingandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jinoyat O'zbekiston fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing