3 davlat vakillari Ramazon oyining birinchi kunini aniqlash bo‘yicha suhbat o‘tkazdi
Olam
−
12 aprel 2019
10146Kecha, 11 aprel kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston ulamolari ishtirokida Ramazon oyi va hayitining birinchi kunini aniqlash bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri Xomidjon Ishmatbekov, Qozog‘iston musulmonlari idorasi Shariat ishlari bo‘limi mudiri Chuxanov Sansibay, mudir o‘rinbosari Amanqulov Hasan, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi apparati boshlig‘i Kadirberdiyev Abibulla ishtirok etdi.
Uch davlat vakillari Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2019 yilda Ramazon oyi va hayitining birinchi kuni qaysi kunga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqidagi fikr-mulohazalarni ma’lum qildilar.
Shuningdek, Sha’bon oyini kuzatib borish va Ramazon oyi hilolini aniqlash bo‘yicha kelgusida yana bir bor kengashib olishga kelishildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’naviy ipak yo‘li: Islom va yoshlar: zamonaviy tahdidlar” nomli anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zlagandi.
LiveBarchasi