2700 nafar o‘zbekistonlik yo‘l qoidasini buzgani uchun sudlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025 yilda 2748 nafar shaxs yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun sudlangan. Bu haqda kecha, 19 fevral kuni Oliy sud xabar berdi. 

Ma’lumotga ko‘ra, ularning barchasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi – “Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” bo‘yicha sudlangan.

Ta’kidlanishicha, sudlanganlarning asosiy qismi turli jazolarga hukm qilingan. Xususan, 2 591 nafar shaxsga nisbatan jarima, axloq tuzatish ishlari, jamoat ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Yana 157 nafar shaxsga nisbatan esa ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli ravishda qo‘llanilgan.

Bu kabi jinoyatlar eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan. Shuningdek, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar soni ortgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ichida 54 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud YTH O'zbekiston Jinoyat kodeksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing