27 yil davomida tadbirkorlar ko‘p qiynoqlarga uchragan, qamalgandi – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda Prezident o‘tgan chorak asrdan ko‘p vaqt davomida tadbirkorlar  qiynoqlarga solinib, qamalganiga to‘xtalib o‘tgan. Bu haqda bloger Aziza Qurbonova ma’lum qildi.

“27 yil davomida tadbirkorlar ko‘p qiynoqlarga,  tekshiruvlarga uchragan,  qamalgandi. Bu holat meni qiynardi, armonim bo‘lgan. Birinchi kundan boshlab odamlarni insofga chaqirib, hamma tekshiruvlarni to‘xtatib qo‘yganimizni odamlarimiz, tadbirkorlarimiz sezyapti. Lekin ko‘p joylarda yo‘l, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta’lim sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilyapti. Peshona terimiz bilan mana shunday og‘ir va tahlikali zamonda, koronavirus pandemiyasi paytida iqtisodiyotimizni barqaror qilish, bir so‘m pulni topib xalqimizga yetkazish bo‘yicha juda katta harakatlar qilyapmiz”,

O‘zingizga (viloyat, tuman, sektor rahbarlariga qarata) savol beringlar, shunday paytda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash azob ekanligini tushunyapsizlarmi?”, degan Prezident.

Shavkat Mirziyoyev qonun ustuvor bo‘lishini va jazo muqarrar ekanini ta’kidlagan.

“Bugun ham (xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun) 500 million dollar ajratilyapti. Bu loyihalar ortidan necha ming yangi ish joyi tashkil qilinadi degani. Odamlarga manfaat bo‘lmagan joylarga pullarni sarflashga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

302

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing