27 yil davomida odamlar uchun uy-joylar qurilmagan – Prezident

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturining dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalariga doir videoselektor o‘tkazmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning videoselektorda qayd etishicha, xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning 70 foizi uy-joy bilan bog‘liq masalalar. 

“27 yil davomida odamlar uchun uy-joylar qurilmagani juda katta muammolarning yig‘ilishiga sabab bo‘lgan. Odamlarning uy olishga imkoniyati bo‘lmagan. Bizda qurilish industriyasi ham yo‘qolib ketgandi.

Biz odamlarning mana shu ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun eng og‘ir inqirozli yildan chiqsak ham ipoteka, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish uchun 31,5 trln so‘m mablag‘, ya’ni 3 mlrd 50 mln AQSH dollari ajratyapmiz. Faqat bu katta mablag‘ ehtiyojlar o‘rganilgan holda loyiha asosida odamlar hayotini yaxshilash uchun halol, pok  yetkazilishi kerak. 

Eng muhimi, bu mablag‘lar tashqi qarzimiz ko‘paymagan holda ajratilyapti”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Obod qishloq Obod mahalla

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing