23 yashar yigit Suriyadagi terrorchilik guruhiga qo‘shilish uchun chiqib ketayotganda ushlandi – Bosh prokuratura

Jamiyat

image

Suriyadagi buzg‘unchi va ekstremistik guruhlar ta’siriga tushib qolgan 23 yashar o‘zbekistonlik mamlakatdan chiqib ketayotganda ushlandi.  Bu haqda bugun, 22 fevral kuni Bosh prokuraturada o‘tgan Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishdagi kamchiliklar ochiq-oydin ko‘rsatilib, yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish, ma’naviy-axloqiy tadbirlar samaradorligini oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar va boshqa omillar ta’sirida, milliy qadriyat, an’analarga yot g‘oyalarga berilayotganligi, ekstremistik va terroristik oqimlarga qo‘shilib qolayotganligi barchani tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi.

Xususan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli T. ijtimoiy tarmoqlar orqali jihodga da’vat etuvchi ma’ruzalarni tinglab, Suriyadagi terrorchilik guruhiga borib qo‘shilish uchun chiqib ketayotganda ushlangan.

Kengash yig‘ilishida jinoyatni hisobga qo‘yish, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatidagi kamchiliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ayrim xodimlari tomonidan inson huquqlarini poymol etish holatlariga chek qo‘yilmaganligi qattiq tanqid qilinib, rahbarlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Terrorchilik

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing