23 yashar haydovchi boshqaruvidagi yuk avtomobili ag‘darildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Parkent tumanida 23 yashar haydovchi boshqaruvidagi katta yuk mashinasi ag‘darildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Yo‘l-transport hodisasi bugun, 15 dekabr kuni soat 16:00 larda, Toshkent viloyati, Parkent tumani hududidan o‘tgan 4R-15 "Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor" avtomobil yo‘lining 56-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, 1998 yilda tug‘ilgan J.N. Howo rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib burilishda boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan. Ag‘darilishi jarayonida yo‘l chetida to‘xtab turgan Lacetti va Spark rusumli avtomobillarga texnik shikast yetgan (avtomobil salonida fuqarolar bo‘lmagan).

YTH natijasida haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Parkent

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing