22 yil oldin sodir etilgan qotillik fosh etildi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura va IIV tomonidan uzoq vaqt davomida ochilmagan jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib, har bir jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan fuqaro S.P.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilganligi va onasi A.P.ga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, 09.02.1997 yilda soat taxminan 17.10 larda Uchtepa (sobiq A.Ikromov) tumani, Chilonzor 12-daha, 6a-uyda yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan S.P.ning jasadi qotillik alomatlari bilan hamda uning onasi 1926 yilda tug‘ilgan A.P.ning sanchuvchi-kesuvchi jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan. 

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida jinoyat fosh etildi.

Tergovda aniqlanishicha, M.I. va A.T.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib,  o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida S.P. va A.P.larga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazib, xonadonda mavjud bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni qo‘lga kiritishgan.

M.I. va A.T.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

27.05.2019 yilda M.I. va A.T.lar Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i”,“p” bandlari bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing