22 yoshli haydovchi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
3-sahifa
−
14 Sentabr 2020
5722Toshkent viloyatida 22 yoshli haydovchi 50 yoshlar atrofidagi piyodani urib yubordi. Piyoda tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa bugun, 14 sentyabr kuni soat 7:20 larda Ohangaron tumanida hududidan o‘tgan A373 M39 avtomobil yo‘lining 165-kilometrida sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi M.P. Vaz 2107 rusumli avtomobilni “Angren-Ohangaron” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Harakat vaqtida M.P. belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan 50-55 yosh atrofidagi erkak kishini (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) urib yuborgan. YTH natijasida hozircha shaxsi noma’lum bo‘lgan piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi