22 avgustdan abituriyent ruxsatnomasi beriladi – DTM

Jamiyat

image

Ertaga, 22 avgustdan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan abituriyent ruxsatnomasini olishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

“22 avgust sanasidan boshlab Davlat test markazining rasmiy sahifasida va barcha abituriyentlarning shaxsiy kabinetida abituriyent ruhsatnomalarini olishlari mumkin. Yana har bir abituriyentning ro‘yhatdan o‘tgan telefon raqamiga bu haqda SMSlar yuboriladi. Ularning to‘plagan ballari, test o‘tkazilgan kuning ertasiga e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilganligini esa, test tugatilgandan so‘ng bir xafta ichida e’lon qilinadi” dedi Sardor Rajabov.

Bu yilgi test sinovlarida qatnashgan barcha abituriyentlarga bir martalik tibbiy niqob va qo‘lqop hamda kepka beriladi.

Ma’lumot uchun, bu yil imtihonlar hududlardagi markaziy stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Ahrorbek Hayrullayev

 

Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing