21 yoshli yigit qo‘shnisiga yordam beraman deb, qotilga aylandi

Jamiyat

image

Xorazmda 21 yoshli yigit qo‘shnisiga yordam beraman deb, o‘z mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Voqea joriy yilning 1 iyul kuni soat 01:30larda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida sodir bo‘lgan. Tumanda yashovchi 41 yoshli D.R. ismli ayol uyida yordam so‘rab baqirganida qo‘shnisi, 21 yoshli M.R. yordamga chiqqan vaqtida uyi oldidan mahalladoshi 44 yoshli Sh.M. yugirib ketayotganligini ko‘rib, uning ortidan quvgan va oyog‘i bilan chalib yiqitib, boshiga tepgan.

Natijada Sh.M. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.R. ushlangan. Tergov harakatlari  olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing