21 yashar qiz o‘z uyida o‘ldirib ketildi
Jamiyat
−
21 iyun 2019
21102Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 21 yashar ayol ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 18 iyun kuni vaqtincha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan uyidan topilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma O‘.A.ning tanishi Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli A.I. rashk oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
IIVdan ma’lum qilishlaricha, ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi