21 nafar dengizchi oziq-ovqat va dorilarsiz Hindistonda qolib ketdi

Olam

image

21 nafar rossiyalik dengizchidan iborat INDA tankeri ekipaji bir necha oy davomida Hindiston qirg‘oqlarida dori-darmon va oziq-ovqatsiz qolib ketdi. Bu haqda Rossiya mahalliy nashrlariga dengizchilardan birining rafiqasi Yuliya Xayrulayeva ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tankerga egalik qiluvchi “TransmorFlot” kompaniyasi rossiyaliklarni vataniga qaytarishga harakat qilmayapti. Shuningdek, Rostov kasaba uyushmasi kabi boshqa tashkilot hamda idoralar ham ekipajni qutqarish uchun hech qanday chora ko‘rmagan.

“TransmorFlot” kompaniyasi hozirda rossiyalik dengizchilarni vatanga olib kelishning imkoni yo‘qligini ma’lum qildi, chunki G‘arb davlatlari tomonidan kiritilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli kemaning favqulodda holatiga qaramay, rossiyaliklarga portga kirishga ruxsat berilmagan.

Xayrulayevaning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi rossiyalik dengizchilarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar mavjud, ularni kerakli dori-darmonlarsiz bartaraf etib bo‘lmaydi. U, shuningdek, bortda oziq-ovqat tugab borayotganini, bu esa hayot uchun xavf tug‘dirayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainadagi urush fonida Rossiyaga qarshi yettinchi sanksiyalar paketini joriy qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing