21 iyun kuni Saudiya Arabistonida komendantlik soati bekor qilinadi

Olam

image

Saudiya hukumati ertaga, 21 iyun kuni koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan komendantlik soati bekor qilinishini e’lon qildi.

"Yakshanba kuni soat 6:00 dan (Toshkent vaqti bilan 8:00) qirollikning barcha shaharlarida harakatlanishga bo‘lgan taqiq bekor qilinadi", deb xabar beradi SPA agentligi Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligidagi manbaga tayanib.

Oldindan yopilgan savdo ob’ektlariga, niqob taqish va masofani saqlash kabi qoidalarga amal qilgan holda qayta tiklashga ruxsat beriladi. Bir yerda 50 dan ortiq kishining to‘planishiga esa ruxsat berilmaydi.

Shu bilan birga, mamlakat chegaralari yopiqligicha qoladi, xalqaro havo qatnovlariga ham ruxsat berilmagan.

Qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi 3 941 ta koronavirusga chalinishning yangi holati ro‘yxatga olinganligini ma’lum qildi. Mamlakatda jami 154 mingdan ortiq infeksiyaga chalingan bemor qayd etilgan. Kasallikdan 1 230 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Saudiya Arabistonida

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing