Saudiya Arabistonida oxirgi sutkada bironta koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanmadi

Olam

image

Saudiya Arabistonida bir sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bironta holat aniqlanmadi. Bu haqda bugun, 19 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilindi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 24 soat davomida qirollikning bironta hududida kasallik holati haqida ma’lum kelib tushmagan. Shuningdek, ushbu vaqt oralig‘ida bironta odam kasallik sabab vafot etmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq 57 345 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 28 748 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 320 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar 28 277 nafarni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Saudiya Arabistonida

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing