2035 yilga borib O‘zbekiston aholisi 45 mln kishidan oshishi mumkin

Bu qiziq

image

O‘zbekiston aholisi 2035 yilga borib 45,6 million kishidan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2035 yilgacha bo‘lgan davrda har yili o‘rta hisobda 900-950 ming go‘dak dunyoga keladi.

“3-6 yosh oralig‘idagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olish darajasi 90 foizga yetishi kutilayapti va buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida 1264 ming nafar bola uchun yangi o‘rinlar tashkil etish zarur”, deyiladi xabarda.

Prognozlarga ko‘ra, 2035 yilga borib, 7-17 yosh oralig‘idagi bolalar soni 9737,4 ming nafarni tashkil etadi. Bu esa maktablarda qo‘shimcha 8,2 million o‘quvchi o‘rnini yaratishni talab qiladi.

Shuningdek, 2035 yilgacha bo‘lgan davrda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi har yili 5-5,3 foizga oshishi kutilmoqda.

“Aholi va umuman iqtisodiyotning o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun 2030 yilgacha energiya quvvatini mavjud darajaga nisbatan kamida 1,7 barobar oshirish talab qilinadi”, deyiladi xabarda.

Talabning taxminan 8-10 foizini tashkil etadigan mavjud taqchillik to‘ldirilishi bilan o‘sib borayotgan aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 2035 yilgacha bo‘lgan davrda taxminan 6,2-6,5 foizga o‘sadi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing