2035 yilda odamlar va robotlar o‘rtasida urush boshlanadi – OAV
Texnologiya
−
13 dekabr 4189 2 daqiqa
Yevropa 2035 yilga borib odamlar va robotlar o‘rtasidagi mojarolarga duch kelishi mumkin. Bu haqdagi tahlil Yevropa Ittifoqining politsiya xizmati – Yevropol tomonidan tayyorlangan hisobotda keltirilgan. Hujjatdan ayrim qismlar “The Daily Telegraph” gazetasi tomonidan e’lon qilingan.
Yevropol jamiyatning kelajakdagi ehtimoliy rivojlanishini tasvirlovchi hisobot tayyorlagan. Politsiya xizmati ekspertlari fikricha, robotlar “butun Yevropa bo‘ylab kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanadi” va yetkazib berish, tozalash kabi turli sohalarda faol qo‘llaniladi. Shu bilan bir vaqtda, ijtimoiy jihatdan nochor shahar hududlarida “ishidan ayrilgan odamlar” norozilik namoyishlariga chiqib, noroziligini bildira boshlaydi, hatto “robotlarni do‘pposlash” holatlarigacha borib yetishi mumkin.
“Keskinlik kuchaygan sharoitda hatto arzimas hodisalar ham, masalan, shifoxonada dori belgilashda robotning xatosi milliy miqyosdagi mojaroga aylanib ketishi, inson manfaatlari ustuvorligi haqidagi populistik shiorlarni kuchaytirishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Yevropol, shuningdek, kelajakda kiberjinoyatchilar sun’iy intellekt bilan jihozlangan robot-yordamchilarni buzib kirishi va ularni axborot yig‘ish yoki jinoyatlar sodir etish uchun qayta dasturlashi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Bu kabi tahdidlarga qarshi kurashish uchun, Yevropol fikricha, huquq-tartibot idoralari xodimlarini “robotlarni muzlatib qo‘yuvchi qurollar” va “nano-granatalar” bilan jihozlash zarur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning yetakchi robot ishlab chiqaruvchilaridan biri – UBTech Robotics kompaniyasi Xitoy va Vetnam o‘rtasidagi chegara punktlariga o‘z robotlarini joylashtirgandi.
Live
Barchasi