2030 yilgacha oltin ishlab chiqarish 175 tonnaga yetkaziladi (video)
Jamiyat
−
26 dekabr 2025 1063 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2030 yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.
Mirziyoyevga ko‘ra, yangi texnologik bosqichga o‘tish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish bo‘yicha sanoatni rivojlantirish dasturi boshlanadi.
Bu jarayonda kelgusi besh yilda sanoatda qo‘shilgan qiymatni hozirgi 36,5 milliard dollardan kamida 60 milliard dollarga yetkazish, yuqori va o‘rtadan yuqori texnologiyali tarmoqlardagi mahsulotlar hajmini 2,5 barobar oshirish marra sifatida belgilanadi.
Bunga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2026 yilda 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi. Kelgusi yilning o‘zida 14 milliard dollarlik 228 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.
Masalan, Navoiydagi oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha 320 million dollarlik loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 2 million tonna ma’dan qayta ishlanadi. Shuningdek, “Muruntov” konini o‘zlashtirishning navbatdagi bosqichi hamda kumush konlari bo‘yicha 2 milliard 300 million dollarlik yirik loyihalar amalga oshiriladi.
Natijada yiliga 18 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvati barpo etilib, 2030 yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025