2030 yilgacha biometrik pasport ID-kartalarga almashtiriladi

Jamiyat

image

Prezident farmoniga binoan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab shaxsni raqamli identifikatsiya qilishning yagona tizimi joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, biometrik pasportlar o‘rniga O‘zbekiston fuqarosining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlaydigan elektron tashuvchi qurilmaga ega hujjat sifatida ID-karta joriy etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Biometrik pasportlar hamda yashash guvohnomalari ID-kartalarga quyidagi muddatlarda almashtiriladi:

Birinchi bosqich – 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ixtiyoriylik asosida (16 yoshga to‘lganda yoki qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa sabablarga ko‘ra);

Ikkinchi bosqich – 2023 yil 1 yanvardan 2029 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda almashtiriladi.

O‘zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

ID-kartalarni olish va almashtirish uchun xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilish mumkin.

Hozirgi biometrik pasportlarni rasmiylashtirish muddati 10 ish kuni bo‘lgan bo‘lsa, ID-kartalarni rasmiylashtirish esa 1 ish kunida amalga oshiriladi.

ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

•    yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – 2 yil muddatga;
•    bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;
•    16 yoshdan boshlab – 10 yil muddatga.

ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya’ni 198 ming 470 so‘m (22.09.2020 holatiga) miqdorida to‘lov undiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ID-karta

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing