2027 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining mezboni aniq bo‘ldi
Sport
−
17 may
29012027 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati Braziliyada bo‘lib o‘tadi. Jahon chempionati o‘tkaziladigan joy Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan 74-kongressida ma’lum qilindi.
Shuningdek, musobaqa mezbonligi uchun Belgiya, Niderlandiya va Germaniyadan ham qo‘shma ariza kelib tushgan. Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari 29 aprel kuni qo‘shma arizalarini qaytarib oldi.
“Bizning arizamiz uchun ovoz bergan delegatlarga minnatdorlik bildiraman, bu nafaqat Braziliyaga tegishli, men Belgiya, Germaniya va Niderlandiyadagi hamkasblarimga qo‘shma arizasi uchun minnatdorlik bildiraman. Har kuni FIFA tomonidan qo‘yilgan barcha talablar bajarilishini ta’minlashga harakat qildik. Bu Janubiy Amerikadagi ayollar futboli uchun g‘alabadir”, deydi Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges.
Ma’lumot uchun, JCH-2023 Avstraliya va Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan. Finalda Angliya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan Ispaniya terma jamoasi g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning FIFAʼga a’zoligi to‘xtatilishi mumkinligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi