2026 yilgi dunyoning eng boy odamlari ro‘yxati e’lon qilindi 

Olam

image

Dunyoning eng boy 20 nafar milliarderining jami sarmoyasi taxminan 3,8 trillion dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich dunyodagi aksariyat davlatlarning yillik yalpi ichki mahsulotidan (YAIM) yuqoridir. Bu haqda “Forbes” nashri ma’lum qildi.

Boyligi 714,2 milliard dollar deb baholanayotgan Ilon Mask tarixda sarmoyasi 700 mlrd dollardan oshgan birinchi insonga aylandi. 2020 yildan beri Maskning davlati deyarli 30 baravar ko‘paygan. 

Uning asosiy daromad manbalaridan biri — SpaceX kompaniyasidagi ulushi bo‘lib, hozirda u 366 milliard dollarga teng. Ayni paytda kompaniyaning bozor qiymati 800 milliard dollarni tashkil etmoqda va 2026 yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 1,5 trillion dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

Google asoschilaridan biri Larri Peyj 257,7 milliard dollar sarmoya bilan reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Qayd etilishicha, 2025 yil davomida Alphabet (Google bosh kompaniyasi) aksiyalarining 63 foizga o‘sishi Peyj davlatining sezilarli darajada oshishiga asosiy omil bo‘lgan.

Nvidia bosh direktori Jensen Xuangning boyligi 162,5 milliard dollarga yetib, u dunyoning eng badavlat shaxslari reytingida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. So‘nggi yetti yil ichida Nvidia aksiyalari 4200 foizdan ko‘proqqa oshgan. Natijada, Xuangning sarmoyasi dunyoning eng yirik 20 nafar milliarderi orasida eng tez o‘sish sur’atini namoyish etdi. 

Taqqoslash uchun, Bill Geytsning boyligi 2020 yildan buyon deyarli o‘zgarmagan. O‘sha yili Geyts dunyoning ikkinchi eng boy odami edi, ammo hozir u 18-o‘ringa tushib ketdi. Bunga asosan uning o‘nlab milliard dollar mablag‘ni xayriya maqsadlariga yo‘naltirgani sabab bo‘lgan. 

“Forbes” tadqiqotiga ko‘ra, 2025 yilda deyarli har oltinchi milliarder (464 nafar) o‘z boyligini moliya va investitsiyalar sohasida ishlab topgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yakunida dunyoning eng badavlat 500 nafar kishisining umumiy boyligi rekord darajadagi 2,2 trillion dollarga oshgan edi. Bunga aksiyalar, kriptovalyutalar va qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olgan barcha bozorlardagi jadal o‘sish sabab bo‘lgan va ularning jami kapitali 11,9 trillion dollarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask ro'yxat 2026 eng boy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing